Renatu Sansheshning PSJda qancha maosh olishi ma’lum qilindi
Sport
−
25 iyul 2022 4202 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi va “Lill” klubi futbolchisi Renatu Sanshesh PSJ safiga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda jurnalist, insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli portugaliyalik futbolchi Parij klubi bilan yiliga 5 million yevro maosh va bonuslar bo‘yicha kelishuvga erishdi. Endilikda ushbu transfer masalasida “Lill” rahbariyati bilan kelishish qoldi, xolos. Bu bilan futbolchining agenti shug‘ullanadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Renatu Sanshesh Fransiya chempionatida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali portugaliyalik iqtidor egasini 28 million yevroga baholamoqda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28