Rekord: Germaniyada har kuni 1200 ga yaqin odam koronavirusdan vafot etmoqda

Olam

image

Germaniyada koronavirus tufayli o‘lim soni kuniga 1188 nafarga yetgan. Bu ushbu mamlakatda butun pandemiya davri uchun maksimal ko‘rsatkichdir. Robert Koch institutining bugun, 8 yanvar kuni bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 24 soat ichida yuqtirish holatlari 31 849 tani tashkil etgan.

Institut veb-saytida ushbu statistika to‘liq ko‘rsatkichga ega emasligi aytilgan, chunki mamlakatda ta’til kunlari munosabati bilan test sinovlari kamroq o‘tkazilgan va barcha holatlar qayd etilmagan.

O‘lim holatlari bo‘yicha avvalgi rekord o‘tgan yilning dekabr oyida qayd jtilgandi. O‘shanda bir kunda 1129 kishi koronavirudan vafot etgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon Germaniyada 1 million 869 306 kishining koronavirus yuqtirgani aniqlandi. Ushba dard bilan kasallangan 39 258 bemor vafot etgan.

2020 yilning 16 dekabridan buyon Germaniyada kuchaytirilgan karantin choralari amal qilmoqda. Chakana savdo shoxobchalari yopiq. Oziq-ovqat, maishiy mahsulotlar va hayotiy muhim mahsulotlar sotiladigan ba’zi boshqa do‘konlar xizmat ko‘rsatmoqda. Sartaroshxona, muzey, teatr, go‘zallik salonlari ishlamayapti, maktab o‘quvchilari masofadan turib o‘qimoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

266

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing