Registon maydonida janjal ko‘targan shaxs qamaldi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Registon maydonida fuqarolarning tinchini buzib, mayda bezorilik sodir qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

2022 yil 29 dekabr kuni soat 23:30 da fuqaro M.Sh. Registon maydonida mast holatda, fuqarolarning osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik sodir qilgan.

Unga nisbatan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan.

Fuqaro M.Sh. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing