“Real” yetakchisi El-klasikoni o‘tkazib yuborishi mumkin

Sport

image

Madridning “Real” klubi posboni Tibo Kurtua jarohati sabab “qaymoqranglilar”ning “Barselona”ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Xalqaro tanaffusda jarohat olgan belgiyalik darvozabon “qirollik klubi”ning “Osasuna”ga qarshi o‘yinida maydonga tusha olmadi. Kurtua bugun Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida “Real”ning “Shaxtyor”ga qarshi o‘yinida ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

“Mundo Deportivo” xabariga ko‘ra, Kurtuaning aniq tiklanish vaqti noma’lum, shu sababli uning 16 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Barselona”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida. 

Joriy mavsumda  Tibo umumiy 9 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 3 tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Shahzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing