“Real” yarim himoyachisi transferi bo‘yicha foydali takliflarni rad etdi

Sport

image

Madridning “Real” klubi urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverdeni sotishdan bosh tortdi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yozgi transfer oynasida bir nechta klublar Valverdeni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rgan, biroq “Real” barcha takliflarni rad etgan. Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va klub prezidenti Florentino Peres 25 yoshli iste’dod sohibiga asosiy futbolchi sifatida qaramoqda va uni sotish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan.

Qayd etilishicha, Federiko Valverdega Angliyaning “Chelsi” va “Liverpul” klublari jiddiy qiziqish bildirgan. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, yarim himoyachining narxi 100 million yevroni tashkil qiladi. Uning “qirollik klubi” bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Killian Mbappe transferi bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Fransiya termasining yulduzi ispan grandi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Parijliklar rahbariyati kelasi yozda futbolchini tekinga boy bermaslik uchun transfer borasida “qirollik klubi”ga yon berishga majbur bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Federiko Val'verde

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing