“Real” o‘z futbolchisidan voz kechishga qaror qildi

Sport

image

Madridning “Real” klubi qishki transfer oynasi vaqtida belgiyalik yarimhimoyachi Eden Azar bilan xayrlashmoqchi. “Yeuro-football” nashrining xabar berishicha, “qirollik klubi” rahbariyati va murabbiylar shtabi futbolchiga ortiq ishonmaydi. Shu sabab, madridliklar Edenning transfer narxini pasaytirmoqchi. 

Manbada aytilishicha, “Real” allaqachon Azar xizmatlarini bir qator grand klublariga taklif qilgan, biroq ushbu jamoalardan faqatgina bittasi belgiyalikning ehtimoliy transferini muhokama qilishga tayyorligini bildirgan. Bu –Turinning “Yuventus” klubi. 

Ma’lum bo‘lishicha, “keksa sinora” yarimhimoyachining transferini to‘liq amalga oshirishga tayyor emas. Turinliklar Azarni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olishni mo‘ljallamoqda.

Transfermarkt portali Edenning hozirgi narxini 25 million yevroga baholamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Eden Azar Ispaniya La Ligasining 2021/22 yilgi mavsumida 9 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Azar madridliklar safiga 2019 yilda Londonning “Chelsi” klubidan 115 million yevro evaziga qo‘shilgan edi.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing