“Real” “o‘lja”dan quruq qolishi mumkin. Masalaga Qatar amiri aralashdi

Sport

image

PSJ hujumchi Kilian Mbappeni jamoada saqlab qolishga bo‘lgan urinishlaridan voz kechmayapti.

Joriy yilning 15 fevral kuni Chempionlar ligasi doirasida "Real Madrid"ga qarshi o‘yindan so‘ng (1:0) Qatar amiri Tamim bin Hamad al-Soniga yaqin odamlar fransiyalik futbolchining oilasi bilan uchrashib, uning shartnomasini uzaytirish masalasini muhokama qilishgan. Bu haqda "El Chiringuito" nashri xabar beradi.

Tomonlar o‘rtasidagi muloqot uzoq vaqtdan beri davom etmoqda. Xabar qilinishicha, parijliklar Mbappe bilan shartnomani qisqa muddatga uzaytirish borasida muzokaralar olib borishmoqda.

Ma’lumot uchun, avvalroq Mbappe "Real"ga o‘tishga yaqin ekanligi haqida bir necha qancha ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing