“Real” UEFA Super kubogi uchun tarkibini e’lon qildi (foto)

Sport

image

Madridning “Real” klubi UEFA Superkubogida Germaniyaning “Ayntraxt Frankfurt” jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yin uchun Xelsinki tomon yo‘l oldi.

Ispan klubi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Unga ko‘ra “qirollik klubi” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 25 nafar futbolchini Finlyandiya safariga kiritdi. Shuningdek, tarkibda jamoaga yangi qo‘shilgan Tchuameni hamda Ryudiger ham joy olgan.

Germaniyaning "Ayntraxt" klubi hujumkor yarim himoyachi Filip Kostich o‘yinda ishtirok etmasligini e’lon qildi. Chunki, hozirda serbiyalik futbolchi "Yuventus" bilan muzokara olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Superkubogi “Real Madrid” – “Ayntraxt Frankfurt” uchrashuvi ertaga, 10 avgust kuni Findyandiyaning Xelsinki shahridagi “Xelsinki Olimpiya” stadionida Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

Uchrashuvni angliyalik futbol hakami Maykl Oliver boshqarib boradi. Shuningdek, mazkur uchrashuvda yarim avtomatik ofsaydni aniqlash tizimi qo‘llaniladi. 

Ma’lumot uchun, “Real” ushbu musobaqada hozirgacha 4 marta g‘olib bo‘lgan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing