“Real” Ronalduni tabrikladi

Sport

image

Madridning “Real” klubi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduga murojaat qilib, uni rasmiy o‘yinlarda 900 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘lgani bilan tabrikladi.

“Yana bir tarixiy natija: “Real Madrid” va jahon futbolining eng buyuk afsonalaridan birining professional faoliyatidagi 900 ta gol. Tabriklaymiz, qadrli Krishtianu! “Real Madrid” va jamoa muxlislari doimo siz bilan faxrlanadi”, deyiladi “qaymoqranglilar” X sahifasida.

Ronaldu terma jamoalar, Yevropa chempionati, Yevropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, 39 yoshli forvard 900 ta golining teng yarmini, ya’ni 450 tasini aynan “qirollik klubi” safida kiritgan.

Qayd etish joiz, portugaliyalik hujumchi 2009 yildan 2018 yilgacha “Real”da o‘ynagan, shundan so‘ng “Yuventus”ga o‘tgan. Hozirda Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasida o‘ynamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made