“Real” prezidenti ispan gazetasidan 1 yevro jarima undirdi
Sport
−
08 Oktabr 2022
5427Ispaniyaning “Real Madrid” klubining prezidenti Florentino Peres “El Confidencial” gazetasiga qarshi sud ishida g‘alaba qozondi. Bu haqda “Madrid Xtra” nashri xabar beradi.
Qayd etilishicha, funksioner o‘z suhbatlaridan birining audioyozuvini ommaga e’lon qilgani uchun nashr ustidan shikoyat bilan sudga murojaat qilgan. Shu bilan birga, Peres gazetadan atigi 1 yevro undirish istagini bildirgan.
“Qaymoqranglilar” rahbari nashrdan katta miqdorda pul olishga urinishdan bosh tortgan. Bu masala Peres uchun ma’lum miqdorda pul olish imkoniyati emas, balki prinsipial mojaro bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, “Real Madrid” joriy mavsumda Ispaniya chempionatining ortda qolgan 7 ta turidan so‘ng, 19 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 2-o‘riniga joylashgan. Xuddi shuncha ochkoga ega “Barsellona” esa to‘plar nisbatidagi ustunlik evaziga birinchi bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi