Real“ posboni Andrey Lunin faoliyatini ”Valyadolid"da davom ettiradi.
Sport
−
12 avgust 2019 2846 1 daqiqa
Klub 20 yoshli ukrainalik posbonning ijarasi borasida kelishuvga erishdi.
Bitim 1 yilga mo‘ljallangan. Lunin "Real"dan o‘tgan mavsum yozda Luganskning "Zarya" klubidan o‘tgan edi. Darvozabon o‘tgan mavsumni ijara asosida "Leganes"da o‘tkazgan va chempionatda 5ta o‘yinda maydonga tushgan.
Uning "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Qayd etish kerakki, "Valyadolid"ning bosh aksioneri "Real" va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo hisoblanadi.
Live
Barchasi