Real “ovga” chiqdi. Nishonda kimlar bor?

Sport

image

Madridning “Real” klubi Benzemaga o‘rinbosar sifatida ikki yosh futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Hozircha "Red Bull Zalsburg"ning 19 yoshli hujumchisi Benyamin Sheshko va "Nitssa"ning 22 yoshli iqtidor egasi Amin Guiri Madrid skautlari nishonida bo‘lib turibdi, deya xabar berdi “Onda Cero” nashri.

Shuningdek, nomzodlar orasida “Espanol” hujumchisi Raul de Tomas ham bor. Biroq, Madrid klubi o‘z tarbiyalanuvchisini jamoaga qaytarmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Amin Guiri o‘tgan mavsum 48 o‘yinda 17 gol muallifiga aylangan bo‘lsa, Sheshko 29 uchrashuvda 11 ta golni hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, “Real”ni mazkur yozda Luka Yovich, Garet Beyl kabi hujumchilar tark etdi.

Avvalroq, Madrid klubi “Real Sosedad” futbolchisi Aleksandr Isakni jamoaga taklif qilgani haqida xabar bergandik.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

323

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing