“Real”ning baxtiga “Barselona” kech uyg‘ondi – Dani Alves

Sport

image

Kecha, 21 aprel kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati 33-tur doirasida “Barselona” – “Real Sosedad” maydoniga safar qildi va 1-0 hisobidagi qiyin g‘alabaga erishdi.

“Real Sosedad”ga qarshi uchrashuvdan keyin, “Barselona” himoyachisi Dani Alves “Real Madrid”ning baxtiga “ko‘k anorranglilar” juda kech uyg‘onganm va chempionlik uchun kurasha olmaganini aytgan. Bu haqda Alvesning so‘zlariga tayanib, “Goal” nashri xabar berdi.

“Birinchi bo‘limda biz vaziyatni nazorat qildik. Biz yaxshi pressing qildik, ammo keyinchalik bosimni pasaytirdik va ular bizga bosim o‘tkaza boshlashdi. Bunday uchrashuvlarda g‘alaba qozonish har doim qiyin, ammo biz g‘alaba qozondik. “Real Madrid”? Ularning baxtiga juda kech uyg‘onib, chempionlik uchun kurasha olmadik. Endi biz boshqa maqsadlar haqida o‘ylashimiz kerak”, degan Alves.

Ispaniya La ligasining 2021/2022 yilgi mavsumida o‘tkazilgan 32 uchrashuvdan so‘ng, "Barselona" turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Ko‘k anorranglilar” 63 ochko to‘plagan. "Real Madrid" esa o‘z navbatida 33 o‘yinda 78 ochko to‘plagan holda, La Liga jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing