“Real”ni o‘zi “nishon”ga olgan o‘yinchi “sindirdi”

Sport

image

Bugun, 16 fevral kuni tunda Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak final bahslariga start berildi. Nimchorak finalning dastlabki, ikki uchrashuvi Parij va Portugaliyada bo‘lib o‘tdi. “Sporting” o‘z uyida “Manchester siti”ni qabul qilib, 0–5  hisobida imkoniyatni boy berdi. Endilikda, portugaliyaliklar keyingi bosqichga chiqishni orzu qilishi mumkin, xolos. Markaziy uchrashuvda, PSJ – “Real Madrid”ni mehmon qildi va Kilian Mbappening 90+4 daqiqada urilgan, yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

PSJ – “Real Madrid” bahsining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan, Mbappe o‘yin haqida fikrlarini bildirar ekan, juda ham xursandligini yashirmadi.

“Butun jamoa kabi men ham to‘g‘ri o‘ynashga harakat qildim.  Jamoamga qo‘limdan kelgancha yordam berishni xohladim. Hujumda va himoyada samarali bo‘lishim kerak edi. Zimmamdagi mas’ulyatni yaxshi his qildim va shu sabab gol bilan taqdirlandim. Ochig‘ini aytsam, juda ham xursandman,” deydi parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe.

PSJ ustozi Maurisio Pochettinoga ko‘ra, bugun uning jamoasi “Real Madrid”ga nisbatan yaxshiroq o‘ynagan.

“Men juda hursandman. Jamoaning o‘yini juda yaxshi bo‘ldi. Umuman olganda, biz “Real”dan yaxshiroq edik, g‘alabaga haqli ekanligimizni isbotladik. Oldinda hali bitta o‘yin bor, lekin biz birinchi qadamni qo‘ydik va bu muhim bo‘lish mumkin. Bu juda yaxshi o‘yin bo‘ldi,” degan argentinalik mutaxassis.

Mag‘lubiyatdan so‘ng “los blankos” ustozi Karlo Anchelotti jamoasi yaxshi pressing uyishtirmaganini tan oldi.

“Javob o‘yinida ko‘proq pressing qilishimiz kerak. Hisobda va to‘pga egalik qilishda ortda qoldik. Bugun bizda ko‘p narsa o‘xshamadi. Ikkinchi uchrashuvda yaxshiroq o‘ynashga harakat qilamiz,” degan “Real Madrid” bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun,  javob uchrashuvlari 9 mart sanasiga belgilangan unda “Real Madrid” PSJni qabul qilsa, “Sporting” “Manchester Siti” maydoniga safar qiladi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing