“Real”ni boshqarishi mumkin bo‘lgan besh murabbiy nomi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

"Real Madrid" jamoa bosh murabbiyligi uchun besh nafar mutaxassis nomini e’lon qildi. Bu haqda "El Nacional" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, "Real"ni boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiylar ro‘yxatida jamoaning uch nafar sobiq futbolchisi bor: Raul Gonsales (hozirda "Kastilya"ni boshqarmoqda), Alvaro Arbeloa ("Juvenil A") va Xabi Alonso ("Bayer"). 

Shuningdek, "qaymoqranglilar" yana ikki tajribali mutaxassis variantini ko‘rib chiqmoqda: "Chelsi"ning sobiq ustozi Tomas Tuxel va "Bavariya" murabbiyi Yulian Nagelsmann.

"Real Madrid" 14 o‘yinda 35 ochko to‘plab, Ispaniya La Ligasining 2022/2023 yilgi mavsumi turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Musobaqa peshqadami "Barselona" 37 ochko to‘pladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

202

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing