“Real” “Monako” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” futbol klubi “Monako” yarim himoyachisi Aureliyen Tchuamenining transferiga qiziqish bildirmoqda. Hozirda “Monako” yulduzi Aureliyen muxlislar va mutaxassislarning doimiy e’tiborida bo‘lib turibdi. Bu haqda “Goal” nashri xabar bermoqda.

Tchuameni 2020 yilda Monakoning asosiy jamoasiga o‘tganidan beri Evropa futbolidagi eng yorqin, istiqbolli futbolchilardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

22 yoshli futbolchi Fransiya chempionati  Liga 1 va Yevropa Ligasi musobaqalarida  o‘zini ko‘rsatdi. Ayni paytda Fransiya terma jamoasiga ham doimiy ravishda jalb etilmoqda. Shuning uchun, yozgi transferlar oynasida Aureliyenga nisbatan talab juda yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, “Real Madrid” Tchuameni transfer qilishni rejalashtirmoqda Madrid klubi rahbariyati tomonidan Aureliyen Kazemironing uzoq muddatli o‘rinbosari sifatida ko‘rilyapti.

Ma’lum bo‘lishicha, “los blankos”ning asosiy transfer maqsadi hamon PSJ futbolchisi Kilian Mbappe bo‘lib turibdi. Qolaversa, “Real Madrid” “Borussiya Dortmund” hujumchisi Erling Xoland uchun “Manchester Siti” bilan oxirigacha kurashadi. Ushbu ikki futbolchining transfer masalasi hal etilganidan so‘ng, Madrid klubi Aureliyenga rasmiy taklif yubormoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, Aureliyen Tchuameni joriy mavsumda “Monako” safida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Ttransfermarkt” portali 22 yoshli futbolchiga 40 million  yevro narx belgilagan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing