“Real Madrid” yozdagi transferlar uchun qancha pul ajratgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” futbol klubi yozda tarkibni jiddiy kuchaytirishni maqsad qilgan. Buning uchun “Qirollik” jamoasi rahbariyati 370 million yevro ajratishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Madridliklar PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transferi uchun 80 million yevro ajratmoqchi. Bu summa fransiyalik hujumchiga erkin agent sifatida shartnoma imzolaganligi uchun beriladi.

“Los blankos” xarid uchun eng katta pulni "Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Xolandga ajratadi. “Real Madrid” rasmiylari bu transferni 150 million yevroga chamalamoqda. Bu norvegiyalik futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli va komissiya xarajatlarini o‘z ichiga oladi.

“Real”ning yana bir transfer maqsadi “Monako”ning fransiyalik yarim himoyachisi Tchouameni bo‘lib, uning taxminiy qiymati 60 millionga baholangan.

Shuningdek, “qaymoqranglilar” “Bavariya” hujumchisi Serj Gnabrining atrofidagi vaziyatni ham jiddiy kuzatib bormoqda. Sababi Gnabri nemis klubi bilan yangi shartnoma yuzasida kelishuvga erisha olmadi. Germaniya terma jamoasi hujumchisi yangi chorlovlarga tayyorligi aytilyapti. Serjning bahosi “Transfermarkt” portalida 70 million yevro qilib, belgilab qo‘yilgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing