“Real Madrid” Vinisiusga dahshatli tovon puli belgilaydi
Sport
−
06 noyabr 2021 4830 1 daqiqa
“Real”ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior Madrid klubi bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytiradi. Bu haqda “Besoccer” nashri xabar bermoqda.
Manba tarqatgan xabarga ko‘ra, hujumchi yangi kelishuv bo‘yicha “Real”dagi maoshi yiliga 5,5 million yevroni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, Vinisiusning maoshi bonuslarni ham qo‘shib hisoblaganda, sezilarli darajada oshishi mumkin.
Shuningdek, 21 yoshli braziliyalikning “Real” bilan imzolanadigan yangi shartnomasida 1 milliard yevro miqdorida tovon puli ko‘rsatilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilda Vinisius “Flamengo” jamoasidan 45 million yevro evaziga Madrid klubi safiga o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius joriy mavsum “Real” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Jamshidbek Mahmudov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025