“Real Madrid” Kilian Mbappeni ogohlantirdi

Sport

image

Kilian Mbappening PSJ bilan imzolagan shartnomasi joriy yilning avgust oyida yakunlanadi. Shundan so‘ng, ko‘pchilik mavsum oxirida Kilian Mbappening “Real Madrid”ga o‘tishini kutyapti, ammo PSJ 23 yoshli futbolchini saqlab qolishdan umidini uzgani yo‘q va unga yangi takliflar berishda davom etmoqda.

PSJning Mbappega yuborgan oxirgi taklifi unga “Real” taklif qilayotgan puldan astronomik darajada kattaligi aytilmoqda. Kilian xozircha ushbu taklifga rad javobini bildirganicha yo‘q.

Mbappening PSJ tomonidan yuborilgan taklifni rad etmagani, fransiyalik hujumchi  bilan og‘zaki kelishuvga egamiz deb o‘ylayotgan “Real Madrid”ga unchalik yoqmadi.

“Real Madrid” rasmiylar Mbappeni ularning taklifi abadiy stolda qolmasligi va agar, Kilian Mbappe bu yil shartnoma imzolashdan bosh tortadigan bo‘lsa, uning transferi uchun ajratilgan pul boshqa maqsadlarga sarflanishidan ogohlantirdi. Masalan, Dortmundning “Borussiya”sidan Erling Xolandni sotib olish uchun ishlatiladi. Shunday bo‘lgan taqdirda, Kilian Mbappe “los blankos” safida o‘ynash imkoniyatidan quruq qolishi mumkin. Bu haqda “90min” xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, fransiyalik hujumchi PSJ safida Liga 1 doirasida 23 uchta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 9 ta golli uzatma amalga oshirgan. O‘tgan yili “Real Madrid” PSJga Mbappe uchun 200 million yevro taklif qilgandi. Agar, barcha ishlar “qaymoq ranglilar” rahbariyati o‘ylagandek bo‘lsa, bu safar Kilianning transferi uchun parijliklar hisob raqamiga 1 dollar ham o‘tkazilmaydi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing