“Real Madrid” “Benfika” hujumchisini sotib olmoqchi
Sport
−
24 may 2022 3273 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi “Benfika”ning 23 yoshli hujumchisi Darvin Nunesni sotib olmoqchi. Bu haqda “As” nashri xabar berdi.
Erling Xoland “Manchester Siti” futbolchisiga aylangach, Darvin transfer bozoridagi eng talash hujumchiga aylandi. Buni Nunesga bir nechta top klublar qiziqayotgani ham ko‘rsatib turibdi.
Shu paytgacha “Benfika”ning urugvaylik futbolchisiga asosiy da’vogar sifatida Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi ko‘rilayotga edi. Ammo Darvin Nunes Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynashni maqsad qilgan. Shu sababli, u “qizil iblislar”ning taklifini rad etgan. “Real”da to‘p surish g‘oyasi Darvin uchun ajoyib imkoniyat bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Darvin Nunes “Benfika” safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” 23 yoshli futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025