“Real” “Liverpool” yulduzilaridan birini sotib olmoqchi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi PSG hujumchisi Kilian Mbappening jamoa bilan shartnoma imzolashdan bosh tortganidan so‘ng, joriy yilning yozidagi transfer rejalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi. Bu haqda “Football Espana”  nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida Kilian Mbappe, Antonio Ryudiger va yana bir chap qanot himoyachisini sotib olishni rejalashtirayotgan edi. Biroq, Mbappening transferi amalga oshmagach, “los blankos” rahbariyati maqsadlarini o‘zgartirdi. Endilikda, “Real” rasmiylari “Monako” yarim himoyachisi Aureliyen Tchuameni, shuningdek, "Liverpool" hujumchilari Sadio Mane yoki Muhammad Salohni jamoaga olib kelish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Mbappe PSG jamoasi bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirishga qaror qilgan edi. Biroq, bitim imzolanguncha futbol jamoatchiligi Kilianning “Real”ga o‘tishiga shubha qilmayotgan edi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing