“Real” Karim Benzemaga yangi shartnoma taklif qildi
Sport
−
18 iyun 2022
2554Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hujumchi Karim Benzema bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist insayder Nikolo Skira xabar berdi
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida imzolanadigan yangi kelishuv 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallanishi kutilmoqda.
Qayd etish joizki, Benzema 2009 yildan beri “Real” tarkibida o‘ynamoqda. 34 yoshli fransiyalik futbolchining “Qirollik klubi” bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha tuzilgan. “Transfermarkt” internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, yakunlangan 2021-2022 yilgi mavsumda Karim Benzema barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Benzema 2007 yildan buyon Fransiya terma jamoasiga chaqiriladi. Shu davr mobaynida, u milliy jamoa safida 97 ta o‘yinda maydonga tushib, 37 ta gol urgan.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi