“Real” Xolandga murojaat bilan chiqdi

Sport

image

Madridning “Real” klubi “Borussiya Dortmund” hujumchisi Erling Xolandga yozda uni xarid qila olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Ruhr Nachrichten” nashri yozmoqda.

Madrid klubi Prezidenti Florentino Peres futbolchiga yozda klub uni qo‘lga kirita olmasligini aytgan va hujumchidan Dortmundda 2023 yilgacha qolishni so‘ragan.

“Real Madrid”ning bu yozdagi ustuvor vazifasi hujumchi Kilian Mbappeni tekinga qo‘lga kiritish. Madrid klubi moliyaviy sabablarga ko‘ra bir transfer oynasida ikkala futbolchining ham transferini amalga oshira olmaydi.

21 yoshli hujumchi joriy mavsumda “Borussiya” bilan barcha turnirlar doirasidagi 20 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Xolandga Yevropaning bir nechta grand jamoalari qiziqish bildirgan. Norvegiyalik forvard uchun asosiy da’vogar sifatida Kataloniyaning “Barselona” klubi qaralmoqda.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing