“Real” kelasi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi
Sport
−
16 may 2022 7429 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi 2022-2023 yilgi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi. Bu haqda “Real Madrid” jamoasining rasmiy saytida xabar berildi.

To‘plamning asosiy rangi uchun har doimgidek oqdan foydalanilgan bo‘lsa, yelkalardagi chiziqlarda binafsha rangda ishlangan. Shuningdek, ko‘ylakning yoqasi bor, unda ham binafsha rangli elementlar mavjud.

“Real Madrid” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Adidas tomonidan tayyorlangan libos klubning buyuk tarixini aks ettiradi. Bundan tashqari, libosda “Real Madrid”ning 120 yilligi sharafiga maxsus logotip ham bor.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr