“Real” qishda naq 6 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi qishki transfer mavsumida bir qancha futbolchilarini sotuvga qo‘yishni rejlashtirmoqda. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda. 

Nashrning xabariga ko‘ra, “qaymoqranglilar” Xesus Valexo, Luka Yovich, Eden Azar, Garet Beyl, Marselo va Isko kabi futbolchilarni transferga qo‘ymoqchi.

“Qirollik klubi” tarkibni tubdan yangilamoqchi va yuqorida nomi keltirilgan futbolchilarni jamoaga ortiq keragi yo‘q, deb hisoblamoqda. Madrid klubi sotuvdan tushgan mablag‘ni fransiyalik hujumchi Kilian Mbappeni sotib olish, hamda Vinisius Junior bilan yangi shartnoma imzolashga sarflashni mo‘ljallamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eden Azarga APLning ikki klubi “Liverpul” va “Chelsi” qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilgandik. “Tumanli Albion”ning ikki jamoasi belgiyalikning maoshi borasida kelishuvga erishsa, u bilan shartnoma imzolashga tayyorligini bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida “Real” 27 ochko to‘plagan va La Liga turnir jadvalida 2-o‘rindan joy olgan. Madridliklar peshqadam “Real Sosedad”dan bir ochkoga ortda qolishmoqda. Biroq, Anchelotti shogirdlari hisobida bitta o‘tkazilmagan zaxira o‘yini bor.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing