“Real” Xolandni qanday sotib olmoqchiligi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
07 Oktabr 2022 6104 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi 2 yildan so‘ng “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandni sotib olishga harakat qiladi. Bu haqda “As” nashri yozmoqda.
Manbaga ko‘ra, madridliklar "shaharliklar" ustozi Pep Gvardiolaning Xolandning shartnomasida "Real"ga o‘tish bandi yo‘qligini e’lon qilganidan xavotirda emas.
Madrid klubida norvegiyalik futbolchini 2 yildan keyin 180 million yevroga sotib olish mumkinligi haqida ma’lumot bor.
"Real Madrid"ning rejasiga ko‘ra, Xoland bilan aloqa 2024 tiklanadi va aynan o‘sha yili Karim Benzemaning “los blankos” bilan shartnomasi tugaydi. Erling Xoland fransiyalik hujumchining o‘rnini egallashi kutilmoqda.
"Real Madrid" futbolchini Madriddagi hayot Manchesterdagidan yaxshiroq ekanligiga, shuningdek, "qirollik" klubida o‘ynash obro‘liroq va martaba uchun foydaliroq ekanligiga ishontirmoqchi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Erling Xoland “Siti” safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi. “Transfermarkt” portali norvegiyalik hujumchini 150 million yevroga baholamoqda.
Live
Barchasi