“Real” eng qimmat futbolchilardan birini olish uchun 10 nafar futbolchisini sotmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi yozda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yoki Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Holandni sotib olmoqchi. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

Xarid qilish uchun ispanlarga mablag‘ kerak, bu mablag‘ni klub o‘nta futbolchisini sotish orqali topmoqchi. Ro‘yxatda birinchi bo‘lib yarim himoyachi Martin Odegard bor. Norvegiyalik futbolchining transfer huquqini sotib olishi mumkin bo‘lgan “Arsenal”ga uchun ijaraga berilgan.

Bundan tashqari, “Real Madrid” Garet Beyl, Daniyel Cebalos va Luka Yovich bilan ham xayrlashishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda ushbu futbolchilarning barchasi ijarada. Qolgan olti futbolchining ismlari oshkor qilinmadi.

Hozirda Mbappe dunyodagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. “Transfermarkt.de” portali uning qiymatini 180 million yevroga baholamoqda. Reytingning to‘rtinchi o‘rnida Holand turibdi, uning qiymati 110 million yevroga teng.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

959

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing