“Real” “Chelsi” himoyachisi bilan ishni pishitdi – Fabritsio Romano

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi Antonio Ryudiger “Real”ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madridning “Real” klubi Antonio Ryudiger bilan og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgan. “Los blankos” joriy yilning yozida Antonioni erkin agent sifatida tarkibiga qo‘shib oladi. Yaqin haftalar ichida transfer shartlari bo‘yicha so‘nggi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, germaniyalik himoyachi yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, Ryudiger 2017 yilda “Roma”dan Londonning “Chelsi” jamoasiga o‘tgan edi. Germaniyalik himoyachi joriy mavsumda, APLda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishdi. 2014 yildan beri Ryudiger Germaniya terma jamoasiga jalb qilinadi. “Transfermarkt” portali 29 yoshli futbolchini 35 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing