“Real” Benzema bilan shartnomani yangiladi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi 35 yoshli fransiyalik hujumchi Karim Benzema bilan shartnomani yangiladi. Bu haqda “Foot Mercato” nashri xabar berdi. Karim Benzema bilan tuzilgan yangi kelishuv 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun. Benzema 2009 yilning iyulidan beri “Real Madrid” safida to‘p surmoqda, u klub bilan 5 marotaba Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, shuningdek, futbolchi “qirollik klubi”da to‘rt karra Ispaniya chempionati va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi La Ligada “Real” safida 9 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli pas muallifiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Benzema “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing