“Real” “Bavariya” hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Sport

image

Madridning “Real” klubi “Bavariya” hujumchisi Serj Gnabriga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” rahbariyati Gnabrining “Bavariya” bilan shartnomasini uzaytirishga ikkilanib turganini juda yaxshi biladi va ushbu vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi. 26 yoshli germaniyalik futbolchi Myunxen klubi bilan muzokaralar cho‘zilib ketganidan norozi, uning jamoadoshlari Leon Goretska va Joshua Kimmix esa jamoa bilan shartnoma imzolab bo‘lishgan.

“Bavariya” rahbariyati hujumchiga yiliga 17-19 million yevro maoshni o‘z ichiga oluvchi taklif yuborgan. Bu Myunxen klubi Gnabriga to‘lashga tayyor bo‘lgan maksimal miqdordagi pul hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Serj Gnabri “Bavariya” safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Serjning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali 26 yoshli futbolchini 70 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing