“Real” 10 nafar futbolchisidan qutulmoqchi

Sport

image
0:00
0:00
download

Ispaniyaning “Real Madrid” futbol klubi yozgi transfer oynasida 10 nafar futbolchisi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Garet Beyl, Isko va Marselo mavsum oxirida jamoani tark etadi. Chunki ularning shartnomalari 1 iyulda tugaydi. “Real Madrid esa ularga yangi shartnoma taklif qilish niyatida emas. Bu klubga taxminan 60 million evro tejash imkonini beradi.Tejalgan pullar PSJdan Kilian Mbappeni sotib olish uchun ishlatiladi. Mbappe erkin agent sifatida “los blankos” safiga qo‘shiladigan bo‘lsa, bonus sifatida 50 million yevro ishlab olishni istaydi.

Shunningdek, “Real Madrid” joriy yilning yozida qutulishga harakat qiladigan yana to‘rt nafar futbolchi bor. Bular Eden Azar, Luka Yovich, Mariano Dias va Xesus Valexo. 

Qolaversa, “Qirollik” klubi transferlardan pul ham ishlab olishni xohlamoqda. “Real Madrid” rahbariyati Marko Asensio va Dani Sebalosni yaxshi pulga sotish mumkinligiga ishonmoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing