“Real” himoyasi arang ahvolda. Klubning yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi

Sport

image
0:00
0:00
download

“Real Madrid” klubi himoyachisi Rafael Varanda COVID-19 virusi aniqlandi. Bu haqda Ispaniyaning “Marca” nashri xabar bermoqda.

Fransiyalik markaziy himoyachi jamoasining chorshanba oqshomida, Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida Angliyaning “Liverpul” klubiga qarshi kechgan bahsni (3:1) o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Allaqachon izolyatsiyaga olingan va kerakli muolajalarni olishni boshlab yuborgani aytilayotgan Varan 10 aprel kuni “Estadio Alfredo di Stefano”da bo‘lib o‘tadigan “El klassiko” va 14 aprel sanasiga belgilangan “Liverpul”ga qarshi Enfilddagi javob uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. 

Ushbu mavsumda asosiy tarkibda 3 ta o‘yindan tashqari barcha uchrashuvlarda maydonga tushgan va qo‘shimchasiga 2 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan fransiyalik himoyachi jamoadagi muhim o‘yinchilardan biri bo‘lib kelayotgan edi. Zidanda uning o‘rnini to‘ldirish uchun Nacho Fernandez va Eder Militao variantlari mavjud.

Jamoaning yana bir himoyachisi Serxio Ramos biroz muddat avval terma jamoasi safida orttirib olgan jarohati sababli bir qancha vaqt “qirollik klubi”ga yordam bera olmasligi ma’lum bo‘lgandi. Bosh murabbiy Zinedin Zidanga bu yana bir bosh og‘riq bo‘lgani shubhasiz.

Jarohati sababli “Liverpul”ga qarshi kechgan bahsda maydonga tusha olmagan Eden Azar, Dani Karvaxal va Ramos kabi jamoadoshlari qatoriga Varan ham qo‘shildi. Biroq takribdagi shuncha yo‘qotishlarga qaramay “Real” g‘alabani qiyinchiliksiz qo‘lga kiritdi. Sekin-asta o‘ziga kela boshlayotgan “Barselona” “El klassiko”da himoyadagi bunday ulkan yo‘qotishlardan unumli foydalanib qolishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli Rafael Varan “Real Madrid” safida COVID-19 ni yuqtirib olgan oltinchi futbolchi bo‘ldi. Unga qadar Militao, Azar, Kazemiro, Luka Yovich va Nacho ushbu virus bilan kasallangan edi. Eng oxirgi bo‘lib Nachoda joriy yilning yanvar oyida tahlil natijalariga ko‘ra, virus aniqlangan va 12 kunga safdan chiqqan edi.

 

Mansurbek Ne’matov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing