O‘zbekistonda oltin ilk bor birjada sotildi
Jamiyat
−
09 aprel 2019
7989Joriy yilning aprel oyi ilk haftasida, “O‘zRTXB” AJ da oltin quymasi sotuvi bo‘yicha birja savdolari o‘tkazildi. Birjada birinchi oltin sotuvchisi “Olmaliq KMK” AJ bo‘ldi. “O‘zRTXB” AJ matbuot xizmati bu haqda xabar tarqatdi.
Savdo yakuniga ko‘ra 600 gr Au-1 markali oltin sotilgan bo‘lib, uning qiymati 209,06 mln so‘mga teng bo‘lgan. Birja kotirovkasi deyarli boshlang‘ich bahoda saqlangan. Unga ko‘ra, 1 gr oltin 348,4 ming so‘mni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 martdagi “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan qimmatbaho metallar O‘zRTXB ning birja savdolari orqali sotilishni boshladi.
Qimmatbaho metallarning birja savdolari qonun hujjatlari, birja savdolari va hisob-kitob kliring xizmat ko‘rsatish tartib-qoidalari asnosida amalga oshiriladi. Birja savdolari orqali sotib olingan qimmatbaho metallarni eksportga sotish taqiqlangan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr