Ravshan Ermatov so‘nggi 10 yillikning eng yaxshi hakamlari ro‘yxatiga kiritildi
Sport
−
14 yanvar 2021
5519Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi tomonidan so‘nggi 10 yillikning eng yaxshi hakamlari ro‘yxati tuzib chiqildi. Eng yaxshi hakamlar qatoriga o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov ham kiritilgan.
Unga ko‘ra, germaniyalik hakam Feliks Brix 141 ball bilan 2011-2020 yillarda dunyoning eng yaxshi hakami, deb topilgan. G‘olibdan faqat bitta ochko bilan ortda qolgan turkiyalik Junayt Chaqir ikkinchi bo‘ldi. Shuningdek, undan 8 ochko ko‘proq to‘plagan gollandiyalik Born Kyuypers uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan.
O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov esa, 33 ball bilan 16-o‘rindan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov hozirda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. Ma’lumot uchun u besh marta Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan. Faoliyati davomida uchta Jahon chempionatida qatnashib, bosh hakam sifatida 11 o‘yinni boshqargan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.
LiveBarchasi