Rasmiy Toshkent “Tolibon”ga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Parvon viloyati “Salang” tunnelida sodir bo‘lgan yong‘inda ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan “Tolibon”ga hamdardlik bildirdi. 

“Afg‘onistonning “Salang” tunnelida yoqilg‘i tashuvchi avtomashinaning portlashi oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, Afg‘onistonning Parvon viloyati Salang tunnelida joriy yilning 17 dekabr kuni neft tankeri ag‘darilib, yonishi oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi. 

“Tolibon” Jamoat Sog‘liqni saqlash vazirligi voizi Sharaft Zamonning ma’lum qilishicha, 37 nafar yarador sog‘liqni saqlash markazlariga olib ketilgan. 

“Tolibon” rasmiylariga ko‘ra, “Salang” tunnelida tanker yonib ketgan va yong‘in boshqa yo‘lovchi transport vositalariga ham o‘tgan. Yong‘in kechqurun sodir bo‘lgan. Kecha, 18 dekabr kuni ertalab soat 8:00 da o‘chirilgan. 

Parvon viloyatining Salang tumanidagi ishonchli manba xabariga ko‘ra, yong‘indan keyin tunnel ichida yana bir suyuq gaz tankeri portlagan. 

Manba kecha tushdan keyin tunnel ichidagi qorong‘ulik yong‘inni nazorat qilish va qamalib qolgan odamlarni qutqarishni qiyinlashtirganini aytgan. Ushbu voqeadan keyin Salang yo‘li yopildi. “Tolibon” avtomobil haydovchilaridan boshqa yo‘ldan yurishni tavsiya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing