Rasmiy Baku AQSH va Fransiyani Ozarbayjon yaxlitligiga hurmatsizlikda ayblaydi
Olam
−
27 avgust 2022
6733Baku AQSH va Fransiyaning Ozarbayjondagi elchilarining arman bosqinidan ozod qilingan Shusha shahriga borish haqidagi rasmiy taklifni qabul qilmaganini qoraladi. Bu haqda bugun, 27 avgust kuni Ozarbayjon Prezidentining yordamchisi Hikmet Hojiyev Shushadagi anjumanda aytib o‘tgan.
“AQSH va Fransiya diplomatlari bugun Shushada yo‘q, bu Ozarbayjon hukumati taklifiga bepisand munosabatda ekanligini ko‘rsatmoqda”, deydi Prezident yordamchisi.
Hojiyev elchixonalarning bu pozitsiyasini Ozarbayjon hududiy yaxlitligiga hurmatsizlikning ko‘rinishi deb atagan.
“Fransiya va AQSH Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi hamraislari sifatida 30 yil davomida Armaniston-Ozarbayjon mojarosini hal qilishga hissa qo‘shgani yo‘q”, deydi u.
Shuningdek, u Ozarbayjon-Armaniston munosabatlarini normallashtirish uchun vositachilar kerak emasligini, bu ikki davlat o‘rtasidagi jarayon ekanligini ta’kidlagan.
Hojiyev e’tiborini yana Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining yaqin orada bo‘lib o‘tadigan uchrashuviga qaratgan. U bo‘lajak yig‘ilishda tinchlik bitimi matnini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishib olinishiga umid bildirgan.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi