Rasman! Zubayra UFC 280 turnirida oktagonga ko‘tariladi

Sport

image

Yengil vazndagi rossiyalik jangchi Zubayra Tuxugovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi.

Zubayra navbatdagi jangida braziliyalik Lukas Almeydaga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu jang 22 oktyabr kuni, Abu-Dabidagi UFC 280 turniri doirasida o‘tkaziladi. Kechaning asosiy qarama-qarshiligida Islom Maxachev hamda Charlz Oliveyra yengil vazn chempionlik kamari uchun to‘qnashadi.

Zubayra 7 avgust kuni UFC Vegas 59 turnirida Neyt Landverga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo rossiyalik sportchi AQSH vizasini olishda muammoga duch kelgani tufayli bellashuv bekor qilindi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Zubayra Tuxugov 2014 yildan beri UFC promoushenida jang qilib kelyapti. Uning hisobida 8 ta jangdan 5 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat bor. U so‘nggi jangini o‘tgan yilning oktyabr oyida Rikardo Ramosga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing