Rasman! Zarrux Adashev UFC bilan xayrlashdi

Sport

image

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Zarrux Adashev UFC bilan shartnomasi tugatilganini ma’lum qildi. Bu haqda sportchi Instagram'dagi sahifasida yozib qoldirgan.

“UFC bilan shartnomani bekor qildik va xayrlashdik. Birinchi jang uchun shartnoma imzolaganimdan keyinoq hammasi teskarisiga ketdi. Hammangiz ko‘rgansizlar buni. Sog‘liqni joyiga keltirib, yilning oxirida janglarga qaytamiz. Va yana UFC bilan shartnoma imzolaymiz hamda sizlarni xursand qilishga yana harakat qilamiz. Hammaga katta rahmat”, degan sportchi.

Qayd etish joizki, Adashev UFC'da 4 ta jang o‘tkazgan. Promoushendagi ilk jangida 32 soniya ichida nokautga uchrab, Tayson Nemga mag‘lub bo‘lgan. Ikkinchi jangida Su Mudayerjiga ochkolar evaziga yutqazgandi. Uchinchi jangida Zarruxga amerikalik Rayan Benua raqiblik qilgan va o‘zbekistonlik sportchi g‘alaba qozongan. To‘rtinchi jangida esa yamaykalik Ode Osbornga qarshi oktagonga ko‘tarilib, 1-raunddayoq nokautga uchradi.

Ma’lumot uchun, Zarrux UFC'ga qadar Bellator promousheni bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashgan. Samarqandlik sportchi MMA'ga qadar kikboksing bilan professional tarzda shug‘ullangan.

Ma’ruf Abdumalikov

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

175

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing