Rasman: O‘zbekistonda og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar soni 500 dan oshib ketdi

Jamiyat

image

29 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bo‘yicha antirekord yangilandi. 

Shu kuni mamlakatda 692 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 96 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 596 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 4 nafar, Sirdaryo viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Surxondaryo, Sirdaryo, Andijon, Farg‘ona, Toshkent, Namangan hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 672 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 22 585 nafar bemordan 12 937 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 57 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 517 nafar bemordan 365 nafari og‘ir, 172 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

330

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing