Rasman! Tchuameni “Real Madrid” futbolchisiga aylandi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi “Monako” yarim himoyachisi Aureliyen Tchuameni bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Bu haqda “qaymoqranglilar” matbuot xizmati ommaga xabar berdi.

Madrid klubi Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Ya’ni tomonlar o‘rtasidagi bitim 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Kelishuv miqdori 100 million yevrodan ko‘proqqa baholanmoqda.

Qayd etish joizki, 22 yoshli futbolchi "Real Madrid"ga o‘tish uchun PSJ, "Liverpul" va "Manchester Yunayted" kabi grand jamoalarning taklifidan voz kechdi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda fransiyalik futbolchi "Monako" safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing