Rasman! “City” Xolandni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi
Sport
−
13 iyun 2022
2985Angliyaning “Manchester Siti” Dortmundning “Borussiya” klubidan Erling Xolandni transfer qilish masalasini uzil-kesil yakunladi. Bu haqda “Machester Siti” klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 21 yoshli norvegiyalik hujumchi Manchester klubi bilan 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.
Bundan oldin esa joriy yilning 10 may kuni “Siti” Dortmundning “Borussiya”si bilan Xolandni transfer qilish masalasini kelishib olgandi. Xabarda aytilishicha, “Siti” Xoland uchun nemis klubi hisob raqamiga 75 million yevro o‘tkazib beradi va hujumchiga haftasiga 350 ming funt maosh to‘laydi. Aytgancha, ushbu sotuv ortidan Erlingning agentlari ham boyligini 50 million yevroga ko‘paytirib oldi.
Ma’lumot o‘rnida, Xoland 2020 yilning yanvarida “Red Bull Zalsburg” safidan Dortmundning “Borussiya”siga ko‘chib o‘tgandi. Hujumchi ortda qolgan ikki yarim mavsum davomida nemis klubi safida 89 uchrashuvda maydonga tushib, 86 ta gol urdi va 23 ta samarali uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali norvegiyalik iqtidor egasini 150 million yevroga baholamoqda.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi