Rasman: Shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat berildi

Jamiyat

image

Fuqarolarga shaxsiy avtomobillaridan ertalab 7:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha foydalanishga ruxsat beriladi. Bu haqda bugun, 29 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytilgan. Ushbu tashabbus O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarorida aks etishi kutilmoqda. Shaxsiy avtomobillarni boshqarishga qaysi sanadan ruxsat berilishi ma’lum emas.

Bunda:

shaxsiy avtotransportdan, birinchi navbatda, fuqarolarimizning ish joyiga, tibbiyot muassasalariga borishi va uyiga qaytishi, iste’mol mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlarni xarid qilishi uchun foydalanishi;

maxsus ruxsatnomalarga (stikerlarga) ega va yetkazib berish xizmatini ko‘rsatayotgan fuqarolar esa shaxsiy avtotransportda hech qanday cheklovsiz harakatlanishi mumkinligi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 martidan 20 apreliga qadar Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida shaxsiy avtomobillardan Davlat xizmatlari agentligidan berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)siz avtomobil boshqarishga cheklov o‘rnatildi. Ko‘p o‘tmay ushbu cheklovlar 10 mayga qadar uzaytirildi. Cheklovlar skuter va velosipedlarga ham amal qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1676

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing