Rasman: Rossiyaning 74 hududida cho‘chqa grippi tarqaldi
Salomatlik
−
06 dekabr 2022
7911Rossiya Federatsiyasida cho‘chqa grippi aniqlangan sub’ektlar soni 74 taga yetdi. Bu haqda bugun, 6 dekabr kuni Rospotrebnadzor matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentning qayd etishicha, 29 noyabr kuni cho‘chqa grippi aniqlangan sub’ektlar soni 55 tani tashkil qilgan.
“Rossiya Federatsiyasining 74 ta sub’ektida cho‘chqa grippi deb ataladigan kasallik allaqachon aniqlangan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar bilan kasallanish o‘tgan haftada avvalgisiga nisbatan 23,3 foizga oshgan. Rossiyada 72,4 milliondan ortiq kishi yoki mamlakat aholisining 49,5 foizi grippga qarshi emlangan.
Mutaxassislarning qayd etishicha, bu kasallikni an’anaviy gripp turlaridan alomatlari orqali farqlash qiyin. Chunki yuqori tana harorati, tomoq, bosh va mushaklardagi og‘riqlar, yo‘tal, holsizlik, bezovtalik kabi simptomlar har ikkisiga ham xos. Shu bois aniq tashxis qo‘yish uchun maxsus PZR testlari talab etiladi.
Ma’lumot o‘rnida, 2009 yilda jahon bo‘yicha ommaviy cho‘chqa grippi epidemiyasi kuzatilgan edi. O‘shanda bir yil davomida 60,8 million nafarga yaqin odam ushbu xastalik bilan kasallangan. Achinarlisi, bemorlardan 12,4 ming nafari infeksiya oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
LiveBarchasi