Rasman: Rossiya Bayden, uning o‘g‘li va Blinkenga sanksiya joriy qildi
Olam
−
15 mart 2022
21398Rossiya AQSH rahbariyati vakillari va ular bilan aloqador shaxslarga nisbatan shaxsiy sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Rossiya diplomatik departamenti saytida e’lon qilingan “stop ro‘yxati”ga 13 kishi kiritilgan. Bular:
• AQSH Prezidenti Jo Bayden;
• AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken;
• Pentagon rahbari Lloyd Ostin;
• Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan;
• Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Jozef Byorns;
• Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milley;
• Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki;
• Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Dalip Singx;
• Xalqaro taraqqiyot agentligi direktori Samanta Pauer;
• AQSH Prezidentining o‘g‘li Xanter Bayden;
• AQSH sobiq davlat kotibi va prezidentlikka sobiq nomzod Hillari Klinton;
• AQSH moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Adeveyl Adeyemo;
• Eksport-import banki prezidenti va direktorlar kengashi raisi Reta Jo Lyuis.
Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, bu chora “Rossiya Federatsiyasi yuqori amaldorlarining AQSHga kirishini taqiqlovchi misli ko‘rilmagan bir qator sanksiyalarga javoban qabul qilingan”.
LiveBarchasi