Rasman! Risharlison “Tottenxem” futbolchisiga aylandi
Sport
−
01 iyul 2022
3151Braziliya terma jamoasi futbolchisi Risharlison rasman “Tottenxem” futbolchisiga aylandi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.
“Tottenxem” va “Everton” o‘rtasidagi kelishuvning rasmiy narxi hozircha ma’lum emas. “Transfermarkt” poratli futbolchini 48 million yevroga baholamoqda.
Risharlison “Everton” safida 152 ta o‘yinda maydonga tushib, 52 ta gol urgan. Shuningdek, uning hisobida Braziliya terma jamoasi safida 36 ta o‘yin va 14 ta gol bor.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli hujumchi 2018 yil “Uotford”dan “Everton”ga o‘tgan edi. 2021-2022 yilgi mavsumda “Everton” Premer ligada 16 o‘rinni egalladi. Liverpulliklarni quyi ligaga tushib ketish chizig‘idan bor-yo‘g‘i 4 ochko ajratib qolgandi. “Tottenxem” APL jadvalida to‘rtinchi pog‘onani band etdi. Londonliklar buning evaziga Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi