Rasman: Rafinya “Barselona” futbolchisi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi “Lids” yarim himoyachisi Rafinyani o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “ko‘k anorranglilar” braziliyalik yarim himoyachi uchun Angliya klubiga 58 million yevro to‘laydi. Shuningdek, shartnomada 10 million yevrolik bonuslar ham ko‘rsatilgan.

Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga qaraganda, 25 yoshli futbolchiga “Arsenal” va “Chelsi”dan ham jiddiy qiziqish bo‘lgan. Biroq Rafinya “Barsa” muxlisi bo‘lgan va Kataloniyada to‘p tepishni orzu qilgan. Shuning uchun braziliyalik boshqa chorlovlarga e’tibor qaratmagan. Shuningdek, moliyaviy sharoiti bir-muncha murakkab ahvolda bo‘lgan “Barselona” transfer uchun mablag‘ni qayerdan olgani ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Rafinya 2020 yilda “Renn”dan 18,6 million yevro evaziga “Lids”ga o‘tgan edi. Ushbu davr mobaynida, braziliyalik hujumchi ingliz klubi safida 67 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va 12 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing