Rasman: OTMlarga kirish imtihonlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi

Jamiyat

image

2022/2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni tasdiqlangan.

Unda 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilangan.

Avvalroq, bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari Respublika maxsus komissiyasining alohida cheklovlari bo‘lmasa, yopiq binolarda o‘tkazilishi aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing