Rasman! Maurisio Pochettino PSJ boshqaruvidan ketdi
Sport
−
05 iyul 2022
2787Fransiyaning PSJ klubi bosh murabbiy Maurisio Pochettino iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. Bu haqda Parij klubining matbuot xizmati xabar berdi.
“Klub Maurisio Pochettino va uning xodimlariga qilgan ishlari uchun minnatdorlik bildiradi va ularga kelajakdagi ishlarida omad tilaydi”, deyiladi PSJ bayonotida.
Pochettino 2021 yilning yanvar oyidan beri PSJni boshqarayotgan va murabbiyning shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetishi kerak edi. Ammo PSJ rahbariyati o‘rtadagi bitim yakunlanguncha kutishni istamadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Maurisio Parij klubi bilan Fransiya kubogi va superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, argentinalik murabbiy mamlakat birinchiligida ham zafar quchdi. Biroq u boshchiligidagi PSJ Yevropa Chempionlar ligasining nimchorak finalida “Real Madrid”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi