Rasman: “Manchester Yunayted” Ronalduning transferini e’lon qildi

Sport

image

“Yuventus” sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ga qaytdi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi. 

“Manchester Yunayted” klubi “Yuventus” bilan Krishtianu Ronalduning transferi bo‘yicha kelishuvga erishganini mamnuniyat bilan tasdiqlaydi”, deyiladi xabarda.

OAV xabarlariga ko‘ra, portugaliyalik 36 yoshli hujumchi “qizil iblislar” bilan 2023 yilgacha shartnoma imzolagan. U yiliga 25 million yevro maosh oladi.

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu 2003-2009 yillar davomida MYUda faoliyat yuritgan va 196 o‘yinda maydonga tushib, 86 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Jamoa bilan APL va YeCHL g‘olibligini qo‘lga kiritgan va 2008 yilda ilk marta “Oltin to‘p” sovriniga loyiq ko‘rilgan.


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Yunayted Krishtianu Ronaldu Transfer

Baholaganlar

1034

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing