Rasman: “Manchester United”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Sport
−
21 aprel 2022
12314Gollandiyalik mutaxassis Erik Ten Xag “Manchester Yunayted” bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Shartnoma 2021/2022 yilgi mavsum oxiridan 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Shuningdek, tomonlarning roziligi bilan bosh murabbiy bilan hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Hozirda, “qizil iblislar”ni Ralf Rangnik boshqarmoqda. 63 yoshli Rangnik “Manchester Yunayted” jamoasini 2021 yilning 3 dekabridan beri boshqarib kelayotgan edi. Rangnik mavsum yakunida klubdagi rahbarlik o‘rinlardan birini egallaydi. Erik Ten Xagdan tashqari “qizil iblislar” PSJning amaldagi bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning nomzodini ham ko‘rib chiqqandi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tkazilgan 33 o‘yindan so‘ng, “Manchester Yunayted” 54 ochko bilan 2021/2022 yilgi Angliya Premer ligasi jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi